Qayt, sen yonimga qayt, mendan uzoqlashma Shu payt, baxtli kunlarim, qayt yiroqlashma Tun, yolg'iz zulmat tun, dardlarimla mahzun Uzun, qayg'uli kunlarimda yo'q mazmun
Balki, endi farqi yo'q, sevgidan najot yo'q Baxt mendan kechgansan, unutib bo'lgansan Lek, senga farqi yo'q, mehring go'yo yiroq Tuyg'ularim sarson, sensiz umrim xazon
Dard, yana o'sha dard, betinim hasrat yuragimni qiynar Faqat bu yurak ezilar, baxtning o'tgan kunlaridan go'yo ovunar Xazon, tuyg'ularim xazon, nega yana azob atrofim egallar? Yig'lar, orzularim yig'lar, yuragim senga tinmay shoshilar
Balki, endi farqi yo'q, sevgidan najot yo'q Baxt mendan kechgansan, unutib bo'lgansan Lek, senga farqi yo'q, mehring go'yo yiroq Tuyg'ularim sarson, sensiz umrim xazon
Yana xazonlar, yana usha kuz yomg'irlar Tinmay eslatar, seni bu sog'inchli kunlar Tomchi ko'z yoshlar, o'sha va'dalar qilar a'lam